O‘ZBEKISTON FUQAROLARINI QANDAY MASALALAR TASHVISHGA SOLMOQDA?

Tashqi ishlar vazirining vatandoshlarimiz bilan bo‘lajak to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik to‘g‘risida

 

Tashqi ishlar vazirining vatandoshlarimiz bilan 2017-yil 5-iyul kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishi to‘g‘risida TIV internet-resurslarida 2017-yil 8-iyunda e’lon qilingan xabardan so‘ng Vazirlikka Virtual qabulxona, This e-mail address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it elektron manzili, TIVning “Facebook”dagi sahifasi, “Telegram”dagi kanali orqali xatlar kela boshladi.

Kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning asosiy qismi quyidagi masalalarga tegishli:

- hujjatsiz va moliyaviy ta’minotsiz qolgan xorijdagi fuqarolarimizning vatanga qaytishlari;

- ota-onalari xorijda yashirinib yurgan bolalarni boqish uchun aliment undirish;

- O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan ota-onalarni izlash;

- boshqa davlatlarda sudlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

- vatandan yiroqda vafot etgan fuqarolar jasadini qaytarish;

- xorijga chiqishda yordam berish;

- O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish;

- TIV tizimiga ishga joylashish.

Mamlakatimizning tashqi siyosiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham anchagina. O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari, jumladan tashqi chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasining borishiga oid mavzular ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda.

Barcha murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, Vazirga ma’lum qilinmoqdava uning shaxsiy nazoratiga olinmoqda. O‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.

Shuningdek O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan tushgan murojaat haqida ham Vazir xabardor qilindi.

TIV 8-iyundagi xabarni batafsil bayon qilib, Vazirning vatandoshlar bilan bo‘lajak muloqoti auditotoriyasini sezilarli kengaytirishga ko‘maklashgan barcha mahalliy va xorijiy OAV vakillariga minnatdorlik izhor etadi va ular bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.

 

Play slot machine online for free at our site.

 

Посольства Республики Узбекистан в Кувейте.
Адрес:Kuwait, Mishref, Block 1, Street 7, Villa No4. 
Тел: (965)2539-65-15 
Факс: (965)2538-47-07 
Телефон доверия МИД РУ: (+998 71) 233-28-28